Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

732025-07-09 18:31

Dang‘arada uy-joy qonuniy egasiga qaytarildi

Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan voqea qonun ustuvorligi va adolatning g‘alabasini yana bir bor isbotladi. Fuqaro O.T. o‘ziga tegishli uy-joyni tanishi M.Q.ga sotgan edi, ammo xaridor kelishilgan pulni to‘liq to‘lamagan. Buning natijasida, O.Turg‘unov sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudida ko‘rilgan ishda, barcha dalillar va tomonlarning vajlari e’tiborga olingach, adolatli qaror chiqarildi. Sud M.Q. uy-joydan majburiy tartibda chiqarishni belgiladi va ishni Majburiy ijro byurosi Dang‘ara tuman bo‘limiga yubordi. Biroq, M.Q.sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortdi. Majburiy ijro byurosi xodimlari uni bir necha marta ogohlantirishgan bo‘lsa-da, u uydan ko‘chishni rad etdi. Shundan so‘ng, byuro xodimlari mahalliy ma’muriyat vakillari, xolislar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda majburiy tartibda ko‘chirish amaliyotini o‘tkazdi. Natijada, M.Q. uy-joydan chiqarilib, uy qonuniy egasi O.T.ga qaytarildi. Byuroning Danag‘ara tuman bo‘limi boshlig‘i Shoxruxbek Fayozov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz