Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

402025-07-10 13:27

Farg‘ona tumani hokimi Xitoylik investorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya loyihasini muhokama qildi

Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomov Xitoyning "China Construction Third Engineering Bureau" Co. Ltd. kompaniyasi delegasiyasi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida Farg‘ona tumanida 800 kilovatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish, shuningdek, ushbu manba orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini aholiga etkazib berish bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyiha atroflicha muhokama qilindi. Mazkur loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, hududda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz