Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

402025-07-10 14:02

Farg‘ona tumanida Ushu sport turi bo‘yicha viloyat kubogi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani 2-son sport maktabida Ushu sportining Sanda, Taolu va Kung Fu Fighting yo‘nalishlari bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuvlar qizg‘in, murosasiz va sportga xos raqobat muhitida kechdi. Har bir ishtirokchi jismoniy tayyorgarlik, epchillik va texnik ko‘nikmalarini namoyish etdi. Musobaqa yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar va faol ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz