O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi
Bugun, 2025 yil 9 iyul kuni soat 11:00 da Yaypan shahridagi 49-umumta'lim maktabi binosida tuman hokimi Ravshanbek Begmatovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish maqsadida tashkillanadigan sayyor qabulda tuman hokimining o'rinbosarlari, mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etadi.