Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

152025-04-28 17:01

Farg‘ona tumanida elektr ta‘minoti ishonchliligini oshirish maqsadida ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda

Farg‘ona tuman elektr ta‘minoti korxonasi tomonidan hududlarda iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta‘minlash, elektr qurilmalarning texnik holatini yaxshilash maqsadida navbatdan tashqari ko‘rik va ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, tumanning «Oq Oltin» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 609-sonli transformator punktida mutaxassislar tomonidan mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta‘mirlash jarayonida transformator punkti montaj qilindi, qurilmalarning tashqi qismi bo‘yoqlab yangilandi, fazalararo yuklama teng taqsimlandi, tarmoqdagi texnik nosozliklar bartaraf etildi. Mazkur ishlar elektr energiyasi ta‘minotining barqarorligini ta‘minlash, iste‘molchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va texnik avariyalar xavfini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz