Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

152025-04-28 18:15

Farg‘ona tumanida tibbiy ko‘rik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish tadbiri o‘tkazildi

Bugun Farg‘ona tumanida aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir doirasida aholi o‘rtasida ommaviy sport faoliyati va sog‘lom hayot tarzi qadriyatlarini targ‘ib qilishga alohida e‘tibor qaratildi. Tibbiy ko‘rik davomida tuman aholisi malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Qon bosimi, yurak faoliyati, qon shakari miqdori kabi ko‘rsatkichlar muntazam ravishda nazorat qilindi. Shuningdek, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik maslahatlar berildi. Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan sport mashg‘ulotlari, jismoniy faollikning ahamiyati va zararli odatlardan voz kechish mavzularida tavsiyalar berildi. Sport musobaqalari va jamoaviy badantarbiya mashg‘ulotlari aholining keng qatlamlarini qamrab oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz