Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

152025-04-28 17:07

Farg‘ona tumanida elektr ta‘minotini yaxshilash bo‘yicha mukammal ta‘mirlash ishlari davom etmoqda

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan iste‘molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi etkazib berishni ta‘minlash maqsadida joriy yil boshida tasdiqlangan rejaga muvofiq mukammal ta‘mirlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, Farg‘ona tuman elektr ta‘minoti korxonasi tomonidan tumandagi «Damko‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 967-sonli transformator punkti va undan chiquvchi uzatma tarmoqlarda mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta‘mirlash jarayonida transformator punktining butun tizimi qayta montaj qilindi, fazalararo yuklama teng taqsimlandi, texnik nosozliklar bartaraf etilib, tarmoqning ishonchliligi oshirildi. Mazkur ishlar aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta‘minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz