Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

112025-04-28 17:47

Farg‘ona tumanida «Ommaviy diktant» tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandi bilan respublika hududlarida «Ommaviy diktant» tadbirlarini o‘tkazish belgilangan edi. Ma‘lumki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, barcha tashkilotlarda hujjatlar va rasmiy axborotlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirish to‘liq joriy etilgan. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va umumta‘lim maktablari direktorlarining savodxonlik darajasini baholash uchun «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida imlo va uslub qoidalariga rioya qilgan holda diktant matnini yozib, o‘zlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. «Ommaviy diktant» tadbiri lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining to‘g‘ri va tizimli qo‘llanilishini ta‘minlash, savodxonlik darajasini oshirish va hujjatlarning rasmiy rasmiylashtirilishini takomillashtirishga xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz