Qo‘shtepa tumanida “Pilla-2025” mavsumi jadalik bilan davom etmoqda
Ayni paytda Qo‘shtepa tumanida ipak qurti boqish mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva boshchiligida mutasaddilar tomonidan fermer xo‘jaliklari va xonadonlarda ipak qurtini parvarishlash jarayonlari ko‘zdan kechirilib, zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
Bugungi holatga ko‘ra tumanda 2 423 quti ipak qurti urug‘lari tarqatilgan bo‘lib, ularni parvarishlash ishlari olib borilmoqda.